Yangiliklar/Jamiyat

Toshkentning Shayxontohur tumanidagi beshta mahallada tunda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Jamiyat 27 noyabr, 19:23
Toshkentning Shayxontohur tumanidagi beshta mahallada tunda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

28-noyabrga o‘tar kechasi Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda Toshkent magistral elektr tarmoqlari matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, «Hadra» podstansiyasida texnik ishlar olib boriladi.

Shu sababli soat 00:00 dan 03:00 ga qadar quyidagi mahallalarda elektr ta’minoti to‘xtatiladi:

«Hadra»;

«Gulbozor»;

«Jangoh»;

«Kattahovuz»;

«Chakar».

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, elektr energiyasi ta’minoti qayta tiklanadi.

1620

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→