O‘zbekistonda foydalanishga topshirilmagan ko‘p qavatli uylarga aholini joylashtirganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etiladi

joylashtirganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Qonunga ko‘ra, buyurtmachi va pudratchining mas’ul hamda mansabdor shaxslari tomonidan fuqarolarni foydalanishga qabul qilinmagan ko‘p qavatli uylarga joylashtirishga yo‘l qo‘yilgan taqdirda jinoiy javobgarlik belgilanadi.
Shuningdek, Shaharsozlik kodeksiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Unga muvofiq, buyurtmachi va pudratchilar bunday uylarga fuqarolar joylashishining oldini olish choralarini ko‘rishi shart bo‘ladi.
Senatorlarning ta’kidlashicha, yangi normalar uy-joy munosabatlarini tartibga solish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Toshkentning Shayxontohur tumanidagi beshta mahallada tunda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkentdagi Human House galereyasida oshxona yonib ketdi

O‘zini o‘zi band qilgan taksichilarga alohida hisobvaraq kerak bo‘ladi

Yangi Toshkentda fuqaro aviatsiyasi universiteti tashkil etiladi
