Toshkent va Kensoy o‘rtasida 158-sonli avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

23-noyabrdan Toshkent viloyatidagi Kensoy qo‘rg‘oni va poytaxtning Yunusobod tumani o‘rtasida 158-sonli avtobus yo‘nalishi ish boshladi. Bu haqda Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi xabar berdi.
Avtobuslar Kensoy qo‘rg‘onidan yo‘lga chiqib, Abu Rayhon Beruniy universiteti, «Rahbar ota» masjidi, 23-sonli oilaviy poliklinika, Uch Qahramon hududi va 271-maktab orqali Yunusoboddagi «Universam» bekatigacha boradi.
Yo‘nalishda «Ziyotrans» MCHJning o‘rta sig‘imli 10 ta avtobusi yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.
Yangi qatnov Toshkent shahri bilan unga tutash hududlar o‘rtasidagi transport aloqasini yaxshilash va jamoat transporti qamrovini kengaytirish uchun tashkil etilgan.
Yo‘nalish
Kensoy qo‘rg‘oni → Abu Rayhon Beruniy universiteti → «Rahbar ota» masjidi → 23-sonli oilaviy poliklinika → Uch Qahramon → 271-maktab → Yunusobod «Universam».
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Ijtimoiy himoya tizimidagi buxgalter va kadrlar inspektorlariga 120 foizgacha ustama belgilanadi

O‘zbekistonda +29 darajali issiqdan so‘ng havo soviydi

Markaziy bank: alifbo yangilanishi sababli pullarni almashtirish shart emas

O‘zbekiston diplomlarini xorijda tan olish osonlashadi
