Markaziy bank: alifbo yangilanishi sababli pullarni almashtirish shart emas

O‘zbek alifbosiga kiritilgan o‘zgarishlar sababli naqd pullarni almashtirishga hojat yo‘q. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki ma’lum qildi.
Hozir muomalada bo‘lgan barcha banknotlardan odatdagidek foydalanish mumkin. Ular bilan tovar va xizmatlar uchun hech qanday cheklovsiz to‘lov qilinadi.
Agar kelajakda yangilangan alifbodagi harflar tushirilgan banknotlar chiqarilsa, hozirgi kupyuralar ham o‘z kuchini yo‘qotmaydi. Eski va yangi namunadagi pullar bir vaqtda muomalada bo‘ladi.
Markaziy bank yangi banknot chiqarish haqida kamida bir hafta oldin rasman xabar beradi.
O‘zbek alifbosini yangilash to‘g‘risidagi qonun 2026-yil 21-oktabrda imzolangan. U 2027-yil 22-apreldan kuchga kiradi. Yangi alifbo 28 ta harf va bitta tutuq belgisidan iborat bo‘ladi.
O‘zgarishlarga ko‘ra, O‘, G‘, Sh va Ch harf hamda harf birikmalari o‘rniga Ö, Ğ, Ş va Ç shakllari qo‘llanadi.
Qonunda avvalgi yozuvdagi milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlar yuridik kuchini saqlab qolishi hamda muomalada qolishi alohida belgilangan. Shu sababli bankka borib, kupyuralarni almashtirish talab etilmaydi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

O‘zbekistonda +29 darajali issiqdan so‘ng havo soviydi

O‘zbekiston diplomlarini xorijda tan olish osonlashadi

Toshkentda yo‘lga tushiriladigan yorug‘ «zebra» sinovdan o‘tkazilmoqda

Shavkat Mirziyoyev Iordaniyaga tashrif buyuradi
