Yangiliklar/Siyosat

Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan davlat tashrifi bilan Iordaniyaga yetib bordi

Siyosat 23 noyabr, 19:43
Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan davlat tashrifi bilan Iordaniyaga yetib bordi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan Iordaniyaga yetib bordi. Mamlakat havo hududida O‘zbekiston yetakchisining samolyotini Iordaniya Harbiy-havo kuchlarining qiruvchi samolyotlari kuzatib bordi.

Qirolicha Aliya nomidagi xalqaro aeroportda prezident va uning rafiqasini Iordaniya qiroli Abdulla II ibn al-Husayn, qirolicha Raniya al-Abdulla, shahzoda G‘ozi ibn Muhammad va uning rafiqasi kutib oldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Davlat rahbarlari rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar va faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.

Tashrifning asosiy tadbirlari 24-noyabrga rejalashtirilgan.

940

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→