Yangiliklar/Siyosat

O‘zbekistonning to‘rtta viloyatida yangi tuman hokimlari tayinlandi

Siyosat 23 noyabr, 22:50
O‘zbekistonning to‘rtta viloyatida yangi tuman hokimlari tayinlandi

Sirdaryo, Qashqadaryo, Farg‘ona va Jizzax viloyatlarida yangi tuman rahbarlari tayinlandi. Tegishli qarorlar xalq deputatlari tuman Kengashlari tomonidan qabul qilindi.

Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumani hokimi lavozimiga Begmurod Akbarov Miryoqubovich tasdiqlandi. Tayinlovga qadar u Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining hududiy loyiha ofisiga rahbarlik qilgan.

Qashqadaryo viloyatining Nishon tumaniga G‘ayratjon Hamroyev Sultonovich rahbar bo‘ldi. U avval viloyat hokimligida ishlagan hamda Davlat kadastrlari palatasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasini boshqargan.

Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumani yangi hokimi etib Jahongir Jumanov Sabitaliyevich tayinlandi. Bunga qadar u Farg‘ona viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Zarifjon Omonqulov Nazarqulovich Jizzax viloyatining Zarbdor tumani hokimi etib tayinlandi. U ilgari Zomin tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, shuningdek, tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

520

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→