Shavkat Mirziyoyev Iordaniyaga parvoz vaqtida nabirasiga maktub yozdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-noyabr kuni Iordaniyaga parvoz vaqtida nabirasi Shavkatbekka maktub yozdi. Unda davlat rahbari xorijiy safarlarni nima sababdan tez-tez amalga oshirishi, mamlakat kelajagi, ta’lim va hayotiy qadriyatlar haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Maktubda Shavkat Mirziyoyev o‘zining asosiy vazifasi nafaqat nabirasining, balki O‘zbekistondagi millionlab bolalarning kelajagi haqida qayg‘urish ekanini ta’kidladi. Uning yozishicha, xorijiy tashriflardan ko‘zlangan maqsadlardan biri xalqaro aloqalarni mustahkamlash va yosh avlodning tinch hamda farovon hayot kechirishi uchun sharoit yaratishdir.
Prezident o‘z bolaligini eslab, paxta dalalarida ishlashga majbur bo‘lganini yozdi. U bugungi bolalarning bunday sinovlarni boshdan kechirishini istamasligini bildirdi. Shuningdek, davlat rahbari lavozimiga kirishganidan keyin ustuvor vazifalardan biri bolalarni paxta dalalaridan maktab partalariga qaytarish bo‘lganini qayd etdi.
Maktubning katta qismi ta’lim masalalariga bag‘ishlangan. Shavkat Mirziyoyev nabirasini yaxshi o‘qishga, xorijiy tillarni o‘rganishga, ilmiy yangiliklarga qiziqishga va yangi ko‘nikmalarni egallashga chaqirdi. Shuningdek, zamonaviy gadjetlar va sun’iy intellektdan oqilona foydalanish, texnologiyalarning vaqtni behuda sarflashiga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini ta’kidladi.
Prezident vaqtni qaytarib bo‘lmaydigan bebaho boylik deb atadi. U nabirasiga qiyinchiliklar va muvaffaqiyatsizliklar qarshisida tushkunlikka tushmaslik, boshlagan ishini oxiriga yetkazish, halollik, kamtarlik va mehnatsevarlikni qadrlash haqida maslahat berdi.
Maktub yakunida Shavkat Mirziyoyev nafaqat nabirasiga, balki O‘zbekistonning barcha bolalariga murojaat qildi. U yosh avlodni Vatanini sevishga, uning tarixi bilan faxrlanishga va kelajakda xalqiga foyda keltirishga chaqirdi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

O‘zbekistonning to‘rtta viloyatida yangi tuman hokimlari tayinlandi

O‘zbekistonda O‘zbekfilm onlayn platformasi va yagona chipta tizimi yaratiladi

Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan davlat tashrifi bilan Iordaniyaga yetib bordi

Toshkent va Kensoy o‘rtasida 158-sonli avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi
