Yangiliklar/Jamiyat

O‘zbekistonda kasallanganlar soni 20 foizga yetsa, maktab sinflari va bog‘cha guruhlari karantinga yopiladi

Jamiyat 21 noyabr, 20:54
O‘zbekistonda kasallanganlar soni 20 foizga yetsa, maktab sinflari va bog‘cha guruhlari karantinga yopiladi

Agar maktabdagi biror sinf yoki bog‘cha guruhida bolalarning 20 foizi va undan ortig‘i yuqumli kasalliklarga chalinsa, o‘sha sinf yoki guruh masofaviy (onlayn) ta’limga o‘tkaziladi. Bu tartib Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyruqlari bilan belgilangan.

Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi (Sanepidqo‘mita) o‘tkazgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Qo‘mita boshqarma boshlig‘i Rustamjon Ikromovning tushuntirishicha, karantin kasallanish darajasi belgilangan chegaraga yetgan har bir sinf yoki guruh uchun alohida joriy etiladi. Bunda butun maktab yoki bog‘chani yopish talab etilmaydi.

Gripp va o‘tkir respirator virusli infeksiyalar (O‘RVI) avj oladigan kuz-qish mavsumida ta’lim muassasalarida sanitariya nazorati kuchaytiriladi:

  • kasallik belgilari aniqlangan bolalar jamoadan vaqtincha ajratiladi;
  • xonalarda muntazam nam tozalash ishlari o‘tkazilib, tez-tez shamollatib turiladi.

Shuningdek, Sanepidqo‘mita ota-onalarni kasallik alomatlari bor bolalarni maktab va bog‘chalarga yubormaslikka chaqirdi.

3840

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→