O‘zbekiston Mozori Sharif bilan yuk temir yo‘l qatnovini yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi

O‘zbekiston va Afg‘oniston temir yo‘l tashuvlarini kengaytirish hamda Hayraton — Mozori Sharif yo‘nalishi bo‘yicha yuk qatnovini yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi. Tomonlar, shuningdek, infratuzilmani modernizatsiya qilish, poyezdlar harakati intensivligini oshirish va sohada ishlash uchun afg‘onistonlik mutaxassislarni tayyorlash niyatida.
Kelishuvlar nimalarni nazarda tutadi?
Temir yo‘l hamkorligini kengaytirish doirasida tomonlar quyidagilarni rejalashtirmoqda:
- Naibobod temir yo‘l stansiyasini modernizatsiya qilish ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash;
- Hayraton — Mozori Sharif yo‘nalishi bo‘yicha yuk tashuvlarini tashkil etish;
- ikki mamlakat o‘rtasidagi poyezdlarning o‘rtacha sutkalik aylanmasini oshirish;
- temir yo‘l sohasi uchun afg‘onistonlik mutaxassislarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yish.
Yuk tashuvlari o‘sishi fonida
2026-yilda O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi temir yo‘l yuk tashuvlari hajmi sezilarli darajada oshdi. Shu munosabat bilan tomonlar ijobiy dinamikani saqlab qolish, yuklarning uzluksiz harakatini ta’minlash va mavjud infratuzilmaning o‘tkazuvchanlik samaradorligini oshirish niyatida.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Shavkat Mirziyoyev Iordaniyaga tashrif buyuradi

Adliya vazirligi yangilangan o‘zbek alifbosiga o‘tish rejasi loyihasini e’lon qildi

O‘zbekistonda kasallanganlar soni 20 foizga yetsa, maktab sinflari va bog‘cha guruhlari karantinga yopiladi

21–24-noyabr kunlari O‘zbekistonda ob-havo
