21–24-noyabr kunlari O‘zbekistonda ob-havo

O‘zgidromet 21–24-noyabr kunlariga mo‘ljallangan ob-havo prognozini e’lon qildi. O‘zbekistonning aksariyat hududlarida asosan quruq va iliq ob-havo kutilmoqda, biroq ayrim tumanlarda yomg‘ir yog‘ishi, shamol kuchayishi va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Tog‘li hududlarda esa yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik prognoz qilinmoqda.
Hududlarda qanday ob-havo kutilmoqda?
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari
21-noyabr kuni ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 22–24-noyabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan esib, yo‘nalishini sharqqa o‘zgartiradi, tezligi 7–12 m/s bo‘ladi. 21–23-noyabr kunlari ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim tumanlarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.
Harorat kechasi +9…+14°, kunduzi 21-noyabrda +17…+22°, 22–23-noyabrda +20…+25°, 24-noyabrda +15…+20° iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati
21-noyabr kuni ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 22–23-noyabr kunlari ayrim tumanlarda yomg‘ir yog‘adi. 24-noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Harorat kechasi +2…+7°, kunduzi 21–23-noyabrda +13…+18°, 24-noyabrda +10…+15° iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
21-noyabr kuni ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan esib, yo‘nalishini sharqqa o‘zgartiradi, tezligi 7–12 m/s bo‘ladi. 21–23-noyabr kunlari ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.
Harorat kechasi 21-noyabrda +8…+13°, 22–23-noyabrda +9…+14°, 24-noyabrda +10…+15° iliq bo‘ladi. Kunduzi 21-noyabrda +17…+22°, 22–23-noyabrda +22…+27° va 24-noyabrda +15…+20° iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
21-noyabr kuni ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 22–24-noyabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan esib, yo‘nalishini sharqqa o‘zgartiradi, tezligi 7–12 m/s bo‘ladi. Ayrim tumanlarda 21–23-noyabr kunlari shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.
Harorat kechasi +10…+15°, kunduzi 21 va 24-noyabr kunlari +18…+23°, 22–23-noyabrda +23…+28° iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari
Butun davr mobaynida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol tezligi 5–10 m/s ni tashkil etadi.
Harorat kechasi +2…+7°, kunduzi +13…+18° iliq atrofida saqlanib turadi.
Ayrim tumanlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kuzatiladi. Shamol g‘arbdan esib, yo‘nalishini sharqqa o‘zgartiradi, tezligi 7–12 m/s, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi +2…+7°, kunduzi +12…+17° iliq bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Shavkat Mirziyoyev Iordaniyaga tashrif buyuradi

Adliya vazirligi yangilangan o‘zbek alifbosiga o‘tish rejasi loyihasini e’lon qildi

O‘zbekistonda kasallanganlar soni 20 foizga yetsa, maktab sinflari va bog‘cha guruhlari karantinga yopiladi

O‘zbekiston Mozori Sharif bilan yuk temir yo‘l qatnovini yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi
