Yangiliklar/Siyosat

Askarlar harbiy OTMlarga imtihonsiz kirishi mumkin bo‘ladi

Siyosat 21 noyabr, 14:01
Askarlar harbiy OTMlarga imtihonsiz kirishi mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan ayrim harbiy xizmatchilar uchun oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarisiz o‘qishga kirish imkoniyati joriy etiladi. Imtiyoz harbiy xizmatni namunali o‘tagan hamda respublika yoki xalqaro sport musobaqalari yoxud fan olimpiadalarida birinchi o‘rinlarni egallagan askarlarga tatbiq etiladi.

Yangi tartib Hukumatning 2026-yil 19-noyabrdagi qarori bilan tasdiqlandi. O‘zgartirishlar Prezidentning 2026-yil 7-apreldagi PQ–134-son qarori ijrosi doirasida qabul qilingan.

Hujjatga ko‘ra, test sinovlarisiz o‘qishga kirish huquqiga belgilangan saralashdan o‘tgan nomzodlar ega bo‘ladi. Qabul tegishli vazirlik va idoralarga ajratiladigan yillik kvotalar doirasida amalga oshiriladi.

Imtiyoz quyidagi ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etiladi:

  • Amir Temur nomidagi DXX akademiyasiga — Davlat xavfsizlik xizmati tizimida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan hamda dastlabki saralash va maxsus kasbiy tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan harbiy xizmatchilar uchun;
  • Jamoat xavfsizligi universitetiga — Milliy gvardiya tizimida xizmat o‘tagan va dastlabki saralashdan o‘tgan askarlar uchun;
  • Oliy harbiy ta’lim muassasalariga — tegishli vazirliklar tizimida xizmat qilgan hamda harbiy-professional yo‘naltirish va dastlabki saralash natijalariga ko‘ra tavsiyanoma olgan harbiy xizmatchilar uchun.

Imtiyozli qabul uchun o‘rinlar soni O‘zbekiston Qurolli Kuchlaridagi muddatli harbiy xizmatchilarning umumiy soniga mutanosib ravishda belgilanadi.

4070

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→