Yangiliklar/Texnologiya

GTA VI birinchi kunda $3,79 mlrdlik sotuvga erishdi

Texnologiya 21 noyabr, 12:52
GTA VI birinchi kunda $3,79 mlrdlik sotuvga erishdi

Rockstar Games va uning bosh kompaniyasi Take-Two Interactive Grand Theft Auto VI o‘yinining birinchi kundagi sotuvi $3,79 mlrdni tashkil etganini ma’lum qildi. Kompaniya bayonotiga ko‘ra, bu barcha ko‘ngilochar mahsulotlar orasida rekord ko‘rsatkich va industriya tarixidagi eng yirik startdir. Bayonot 20-noyabr kuni e’lon qilindi.

O‘yin 2026-yil 19-noyabr kuni, Grand Theft Auto V chiqqanidan 13 yil o‘tib, PlayStation 5 va Xbox Series X|S uchun taqdim etildi. Standart nashr narxi $80, «ultimativ» nashri esa — $100 turadi. Shaxsiy kompyuterlar (PK) uchun versiya va yangi onlayn-rejimning chiqish sanasi hozircha e’lon qilinmagan. Take-Two ma’lumotlariga ko‘ra, relizga qadar 32,5 mln nusxa sotilgan. Bu barcha platformalar uchun rekord natijadir. Metacritic agregatorida o‘yin 147 ta taqriz asosida 99 ball to‘pladi va platforma tarixidagi eng yuqori baholangan o‘yinga aylandi.

Taqqoslash uchun: 2013-yilda GTA V birinchi sutkada $815,7 mlnlik 11,21 mln nusxada sotilgan edi va Ginnesning rekordlar kitobi buni videoo‘yinlar uchun maksimum deb hisoblagan. Yangi qism esa taxminan 4,6 baravar ko‘proq daromad keltirdi. Take-Two ushbu natija kino rekordlaridan ham o‘zib ketganini ta’kidlamoqda: kinoda eng ko‘p daromad keltirgan «Qasoskorlar: Intiho» (Avengers: Endgame) filmi ilk dam olish kunlarida (uik-end) taxminan $1,2 mlrd to‘plagan edi.

Rockstar prezidenti Sem Xauzer studiya «yangi sahifaga qadam qo‘yayotganini» ta’kidlab, butun dunyodagi o‘yinchilarga minnatdorlik bildirdi.

4110

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→