Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo 25 darajagacha isiydi

Dam olish kunlari O‘zbekistonda asosan quruq va iliq ob-havo saqlanib qoladi, deb xabar berdi O‘zgidromet.
Kechasi havo harorati +9…+14 darajani tashkil etadi. Kunduzi esa harorat asta-sekin +20…+25 darajagacha ko‘tariladi.
21-noyabr, shanba kuni Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining ayrim joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Yakshanba kuni mamlakat shimolidagi ayrim hududlarda yog‘ingarchilik kutilmoqda.
21-noyabrda tog‘li hududlarning ayrim joylarida yomg‘ir va qor yog‘adi.
Sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamol tezligi 13–18 metrgacha kuchayishi, ba’zi hududlarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.
Ba’zi joylarga tuman tushishi kutilmoqda. Bu, ayniqsa, tungi va ertalabki vaqtda hamda tog‘ yo‘llarida ko‘rish masofasini qisqartirishi mumkin.
Toshkentda ob-havo
Toshkentda dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Kechasi havo harorati +11…+13 daraja, kunduzi +20…+22 daraja bo‘ladi. Sharqiy shamol sekundiga 3–8 metr tezlikda esadi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Shavkat Mirziyoyev Iordaniyaga tashrif buyuradi

Adliya vazirligi yangilangan o‘zbek alifbosiga o‘tish rejasi loyihasini e’lon qildi

O‘zbekistonda kasallanganlar soni 20 foizga yetsa, maktab sinflari va bog‘cha guruhlari karantinga yopiladi

21–24-noyabr kunlari O‘zbekistonda ob-havo
