AI-80 birjaga xomashyo sifatida chiqarildi

O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasida AI-80-K2-L benzini savdoga qo‘yildi. Bir tonna mahsulotning boshlang‘ich narxi 8 250 359 so‘m etib belgilangan.
Savdo takliflarida benzin xomashyo komponenti sifatida ko‘rsatilgan. Uni mahsulot ishlab chiqarish faoliyati uchun litsenziyaga ega korxonalar xarid qilishi mumkin.
Energetika vazirligining tushuntirishicha, mazkur benzin texnologik qayta ishlash uchun mo‘ljallangan. Undan oktan soni yuqori benzin va boshqa kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish mumkin.
AI-80ning birjaga chiqarilishi uning avtomobil yoqilg‘isi sifatida chakana savdoga qaytganini anglatmaydi. Uni AYoQShlar orqali sotishga doir amaldagi cheklovlar saqlanib qoladi.
Mahsulot Toshkent, Andijon va Sirdaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog‘istondagi ayrim neft bazalari orqali savdoga chiqarilgan. Ko‘rib chiqilgan takliflarning barchasida boshlang‘ich narx bir xil — bir tonna uchun 8 250 359 so‘m.
To‘lovlar naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi. Savdo shartlariga ko‘ra, bitim hajmining 5 foizigacha mahsulot yetkazib berilmasligi shartnoma buzilishi hisoblanmaydi va jarima qo‘llash uchun asos bo‘lmaydi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Shavkat Mirziyoyev Iordaniyaga tashrif buyuradi

Adliya vazirligi yangilangan o‘zbek alifbosiga o‘tish rejasi loyihasini e’lon qildi

O‘zbekistonda kasallanganlar soni 20 foizga yetsa, maktab sinflari va bog‘cha guruhlari karantinga yopiladi

21–24-noyabr kunlari O‘zbekistonda ob-havo
