O‘zbekistonda Turkiya farmatsevtika kompaniyalari uchun alohida sanoat zonasini tashkil etish taklif qilindi

O‘zbekistonda Turkiyaning farmatsevtika kompaniyalari uchun alohida sanoat zonasini tashkil etish taklif qilindi. Bu tashabbus bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan Biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha O‘zbekiston–Turkiya oliy darajadagi kengashining birinchi yig‘ilishida chiqdi.
Davlat rahbari O‘zbekiston farmatsevtika ishlab chiqarishini kengaytirish va turkiyalik investorlarni jalb etishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi. Hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlaridan biri dori vositalari va boshqa tibbiy mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishdan iborat.
Mirziyoyev xorijiy investorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mavjud imkoniyatlarga misol sifatida Toshkent farmatsevtika parkini keltirdi. Bu yerda kompaniyalarga imtiyozlar, ishlab chiqarish maydonlari va zarur infratuzilma taqdim etiladi.
Prezident O‘zbekistonda 2002-yildan buyon faoliyat yuritayotgan Turkiyaning Nobel Pharmsanoat kompaniyasi tajribasini ham alohida qayd etdi. Shuningdek, Turkiyaning boshqa yirik farmatsevtika kompaniyalarini ham O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga taklif qildi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Shavkat Mirziyoyev Iordaniyaga tashrif buyuradi

Adliya vazirligi yangilangan o‘zbek alifbosiga o‘tish rejasi loyihasini e’lon qildi

O‘zbekistonda kasallanganlar soni 20 foizga yetsa, maktab sinflari va bog‘cha guruhlari karantinga yopiladi

21–24-noyabr kunlari O‘zbekistonda ob-havo
