Instagram e’lon qilingan hikoyalarni tahrirlash imkonini berdi

Instagram foydalanuvchilarga e’lon qilingan hikoyalarni tahrirlash imkonini beruvchi yangi funksiyani taqdim etdi. O‘zgartirishlarni hikoya joylanganidan keyin dastlabki 15 daqiqa ichida kiritish mumkin.
Buning uchun e’lon qilingan hikoyani ochish, ekranning pastki o‘ng burchagidagi uch nuqtali menyuni bosish va tahrirlash bandini tanlash kerak.
Yangi funksiya orqali foydalanuvchilar:
- matnni o‘zgartirishi;
- musiqani almashtirishi yoki sozlashi;
- stikerlarni qo‘shishi, o‘chirishi yoki tahrirlashi mumkin.
Biroq hikoyadagi asosiy surat yoki videoni almashtirib bo‘lmaydi. Agar foydalanuvchi noto‘g‘ri fayl yuklagan bo‘lsa, hikoyani o‘chirib, qayta joylashi kerak bo‘ladi.
Funksiyada boshqa cheklovlar ham mavjud. Hikoya tahrirlanganidan keyin uning avvalgi barcha repostlari o‘chiriladi. Shuningdek, Facebook’da ham e’lon qilingan yoki ayrim interaktiv stikerlar, jumladan, «Sizning javobingiz» stikerini o‘z ichiga olgan hikoyalarni o‘zgartirish mumkin emas.
Yangilanish doirasida Instagram hikoyalarni bezash imkoniyatlarini ham kengaytirdi. Tahrirlash bo‘limiga yangi stikerlar, shriftlar va ranglar, shuningdek, xiralashtirish hamda gradientlardan foydalanish imkoniyati qo‘shildi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Shavkat Mirziyoyev Iordaniyaga tashrif buyuradi

Adliya vazirligi yangilangan o‘zbek alifbosiga o‘tish rejasi loyihasini e’lon qildi

O‘zbekistonda kasallanganlar soni 20 foizga yetsa, maktab sinflari va bog‘cha guruhlari karantinga yopiladi

21–24-noyabr kunlari O‘zbekistonda ob-havo
