Energetika vazirligi: kunlar soviganda metan zapravkalar grafik asosida ishlashi mumkin

Energetika vazirligi sovuq kunlarda metan zapravkalar (AGTKSh) faoliyati vaqtincha cheklanishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bunga O‘zgidrometning prognozi sabab bo‘ldi: 9–11-noyabr kunlari mamlakatda yomg‘ir yog‘adi, shimolda va tog‘larda qor yog‘ishi kutilmoqda, kechasi shimolda harorat −7 darajagacha, boshqa hududlarning ayrim joylarida esa −1…−2 darajagacha tushadi.
Agar gaz barchaga yetarli bo‘lmasa, u birinchi navbatda aholi xonadonlari, maktab, bog‘cha va shifoxonalarga yo‘naltiriladi. Zapravkalarga esa qolgan qismi beriladi. Cheklovlar hokimliklar bilan kelishilgan grafik asosida joriy etiladi va haydovchilar bu haqda oldindan ogohlantiriladi.
O‘tgan qish mavsumida zapravkalar faoliyati bir necha bor cheklangan edi. 11-dekabr kuni Energetika vazirligi ilk cheklovlarni e’lon qildi: Turkmaniston gaz transport tizimidagi nosozlik sababli gaz importi kamaydi va O‘zbekistonda kuniga qariyb 6 mln kubometr taqchillik yuzaga keldi. O‘shanda Toshkentda zapravkalar soat 23:00 dan 6:00 gacha ishlamadi, aksariyat hududlarda ova 12 soatdan (5:00 dan 17:00 gacha) faoliyat yuritdi. 22-dekabrdan boshlab Farg‘ona vodiysidan tashqarida ular 6 soatga (10:00 dan 16:00 gacha) ochildi, Farg‘onada esa grafik tarmoqdagi bosimga qarab hokimliklar bilan kelishildi. 30-dekabr kuni havo isishi fonida cheklovlar olib tashlandi.
Navbatdagi sovuq to‘lqini sababli cheklovlar 8-yanvardan yana qaytdi. 19-yanvardan boshlab zapravkalar ikki haftaga butunlay yopildi, 2-fevraldan ular yana kuniga 6 soatdan ishladi, 11-fevraldan esa odatiy rejimga qaytdi. Bahorda ham ushbu holat takrorlandi: 4-martda cheklovlar qayta kiritildi, 12-martda zapravkalar shaxsiy avtomobillar uchun yopilib, faqat avtobuslar va ijtimoiy soha ob’ektlari transportlarini qabul qildi, 14-martda ochildi, 17-martda esa aksariyat hududlarda yana shtat rejimiga qaytildi. Farg‘ona vodiysida zapravkalar 19-martdan boshlab odatiy grafikda ishlay boshladi.
Energetika vazirligi har safar cheklovlarni quyidagicha izohladi: tarmoqda bosim pasaygan paytda gazni aholi, jamoat transporti va ijtimoiy ob’ektlar uchun saqlab qolish zarur.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Shavkat Mirziyoyevning Ostona safari qanday o‘tdi?

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar ishlab chiqarish va importini taqiqlash masalasi ko‘rib chiqiladi

Vazirlik ayrim OTM rahbarlari faoliyatini o‘rganish uchun ishchi guruh tuzadi

Toshkentda Qonunchilik palatasi yonidagi ko‘l qayta tiklanmoqda
