Yangiliklar/Ekologiya

O‘zgidromet ob-havoning keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi

Ekologiya 6 noyabr, 19:22
O‘zgidromet ob-havoning keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi

O‘zgidromet shoshilinch ogohlantirish e’lon qildi: 9-noyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 10–12-noyabr kunlari esa respublikaning qolgan hududlariga sovuq va nam havo massasi kirib keladi. Ob-havo keskin o‘zgaradi.

9-noyabrdan 11-noyabrgacha mamlakatning katta qismida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. 10–11-noyabr kunlari shimolda va tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda. Ayrim joylarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat bosqichma-bosqich pasayib boradi: 9-noyabrda shimolda, 10–12-noyabrda esa boshqa hududlarda sovuq tushadi. Shimolda va cho‘l zonalarida harorat kechasi 2–7 darajagacha sovuq, kunduzi 3–8 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda. Qolgan hududlarda kechasi 0 dan +5 darajagacha issiq, joylarda 1–2 darajagacha sovuq, kunduzi +7…+12 daraja iliq bo‘ladi.

890

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→