O‘zbekistonda tadbirkorlarga ariza asosida biznesni «muzlatib qo‘yish»ga ruxsat beriladi

O‘zbekistonda «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari kuchaytirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Biznesi vaqtincha daromad keltirmayotgan yoki tanaffusga muhtoj bo‘lgan tadbirkorlar o‘z faoliyatini rasman to‘xtatib turishlari mumkin bo‘ladi. Biznesni «muzlatish» va qayta tiklash tartibi yangi 42-1-modda bilan belgilanmoqda.
Buning uchun my.gov.uz portalida elektron ariza topshirish kifoya. Tanaffus davrida ayrim soliqlar va majburiy to‘lovlarni, shu jumladan qat’iy belgilangan soliqlarni hisoblash to‘xtatiladi, shuningdek, muntazam soliq hisobotlarini topshirish talab etilmaydi. Faoliyatni istalgan vaqtda qayta tiklash mumkin: buning uchun shaxsiy kabinetdan takroriy elektron bildirishnoma yuboriladi.
Qonun nazorat qiluvchi organlarning vakolatlarini ham cheklaydi: ular biznes faoliyatini sud qarorisiz eng ko‘pi bilan 10 ish kunigacha to‘xtatib turishlari mumkin bo‘ladi. Bundan uzoqroq muddatga to‘xtatib turishga faqat sud qarori bilan yo‘l qo‘yiladi. Ushbu qoida tadbirkorning ixtiyoriy tanaffusiga bog‘liq bo‘lmayb, tekshirishlar jarayoniga taalluqlidir.
Hujjat rasmiy e’lon qilingan kunidan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Toshkentda buyurtma asosida odam o‘g‘irlashga uringan ikki erkak qo‘lga olindi

O‘zbekistonda dam olish kunlari 6–8-noyabr kunlariga ob-havo

Ko‘p qavatli uylar hovlisida o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlar jarimaga tortiladi

«Yuksalish» 40 yoshgacha bo‘lgan yosh rahbarlarning TOP-40 reytingini yangiladi
