Yangiliklar/Jamiyat

«Chinor» metro bekatida 20 kishigacha sig‘adigan liftlar ishga tushirildi

Jamiyat 6 noyabr, 09:40
«Chinor» metro bekatida 20 kishigacha sig‘adigan liftlar ishga tushirildi

Toshkent metropolitenining «Chinor» bekatida to‘rtta yangi sig‘imli lift foydalanishga topshirildi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yangi liftlarning har biri bir vaqtning o‘zida 15–20 nafar yo‘lovchini tashishi mumkin. Ularning yuk ko‘tarish quvvati 1600 kilogrammni tashkil etadi.

Avval yer usti metro bekatlarida o‘rnatilgan liftlar besh kishigacha mo‘ljallangan bo‘lib, asosan nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksalar, homilador ayollar, bolalar aravachasi bilan harakatlanayotgan ota-onalar va harakatlanishi cheklangan boshqa yo‘lovchilar uchun xizmat qilgan. Metro ma’muriyati boshqa yo‘lovchilar tomonidan ulardan foydalanishni qoidalarga zid deb hisoblagan.

Metropoliten ma’lumotiga ko‘ra, katta sig‘imli liftlarni boshqa yer usti bekatlariga ham bosqichma-bosqich o‘rnatish rejalashtirilgan. Hozircha loyiha qaysi bekatlarni qamrab olishi va ishlar qachon boshlanishi haqida ma’lumot berilmagan.

690

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→