O‘zbekiston va Qozog‘iston reyslar kvotasini oshirishga kelishib oldi

Dunyo 5 noyabr, 16:59
O‘zbekiston va Qozog‘iston reyslar kvotasini oshirishga kelishib oldi

O‘zbekiston va Qozog‘iston aviakompaniyalar uchun ajratiladigan xalqaro reyslar kvotasini kengaytirishga kelishib oldi. Kelishuv Toshkentda bo‘lib o‘tgan fuqaro aviatsiyasi bo‘yicha «Xitoy – Markaziy Osiyo» (C5+1) ishchi guruhi yig‘ilishi doirasidagi muzokaralar yakunida erishildi.

Yangi kelishuvga ko‘ra, Toshkent - Olmaota va Toshkent - Ostona yo‘nalishlarida ruxsat etilgan reyslar soni haftasiga 60 tagacha yetkaziladi.

Bundan tashqari, ikki davlat o‘rtasidagi boshqa yo‘nalishlarda ham haftalik reyslar limiti 14 tadan 20 tagacha oshiriladi.

Muzokaralarda Qozog‘iston tomonidan Transport vazirligi Fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasi raisi Saltanat Tompiyeva, O‘zbekiston tomonidan esa Transport vazirligi Havo transporti boshqarmasi boshlig‘i Jamoliddin Nazarov ishtirok etdi.

Yangi kvotalar aviakompaniyalarga talab mavjud bo‘lgan taqdirda parvozlar sonini ko‘paytirish imkonini beradi. Bu esa ikki mamlakatning yirik shaharlari o‘rtasida aviachiptalar taklifini kengaytirishi mumkin.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi yo‘lovchi oqimi turizm, biznes aloqalari va savdo hamkorligi hisobiga ortib bormoqda. Shu sababli aviatsiya idoralari mavjud yo‘nalishlarda tashuv hajmini kengaytirishga qaror qildi.

930

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→