Pedagoglar uchun uy-joy subsidiyasiga arizalar qabul qilinmoqda

Pedagoglar uy-joy sotib olish uchun davlat subsidiyasini olish maqsadida my.gov.uz portali, MyGov mobil ilovasi yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ariza topshirishi mumkin.
Buning uchun foydalanuvchi tizimga kirib, «Pedagoglarga uy-joy sotib olish uchun subsidiya» xizmatini tanlashi, kerakli ma’lumotlarni kiritishi va arizani yuborishi lozim. Xizmat bepul ko‘rsatiladi.
2026-yil 19-fevraldagi Vazirlar Mahkamasining 69-son qaroriga ko‘ra, davlat moliyalashtiriladigan ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalning 25 foizini qoplab beradi.
Subsidiya olish uchun pedagog 60 yoshdan kichik bo‘lishi, kamida 15 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi hamda bosh o‘qituvchi lavozimiga mos keladigan oliy malaka toifasini olgan bo‘lishi kerak.
Dastur maktablar, akademik litseylar, texnikumlar, kollejlar va oliy ta’lim muassasalari xodimlariga tatbiq etiladi.
Subsidiya faqat birlamchi bozordagi kvartiralarni xarid qilish uchun ajratiladi. Uy-joy arizachining doimiy yashash joyi hududida sotib olinishi kerak. Toshkent shahri aholisi uchun istisno mavjud: ular Toshkent viloyatidan ham uy xarid qilishi mumkin.
Arizalarni ko‘rib chiqishda pedagogning ish staji, ish joyi, malaka toifasi, kredit tarixi hamda o‘zi va turmush o‘rtog‘i nomida rasmiylashtirilgan ko‘chmas mulklar haqidagi ma’lumotlar tekshiriladi.
Arizachi yoki uning turmush o‘rtog‘i nomida ikki va undan ortiq uy-joy mavjud bo‘lmasligi kerak. Shuningdek, ulardan biri ilgari davlat uy-joy subsidiyasidan foydalanmagan bo‘lishi shart.
Dastur uchun har yili davlat budjetidan 200 mlrd so‘mgacha mablag‘ ajratish rejalashtirilgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Toshkentda yer ishlari uchun onlayn ruxsatnoma tizimi ishga tushirildi

O‘zbekiston va Qozog‘iston reyslar kvotasini oshirishga kelishib oldi

Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi bilan xayrlashdi

O‘zbekistonda ilk bor 5 mln tonnadan ortiq paxta yig‘ib olindi
