O‘zbekistonda ilk bor 5 mln tonnadan ortiq paxta yig‘ib olindi

2026-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 5 million tonnadan ortiq paxta xomashyosi yetishtirildi.
So‘nggi yillarda paxta maydonlari 38 foizga qisqargan bo‘lsa-da, o‘rtacha hosildorlik gektariga 21 sentnerdan 56 sentnergacha oshgan.
Joriy mavsumda qariyb 400 ming gektar maydonda o‘rtacha 70 sentnerdan hosil olingan. Yana 70 ming gektarga yaqin maydonda hosildorlik 100-110 sentnerga yetgan.
Mingga yaqin fermer xo‘jaligi va klaster gektaridan 100 sentnerdan ortiq hosil olgan. Jumladan, Paxtakor tumanidagi Anorboy Eshmatov va Jarqo‘rg‘on tumanidagi Ulug‘bek So‘piyev gektaridan 110 sentnerdan hosil yetishtirgan.
Jizzax, Xorazm, Buxoro, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida o‘rtacha hosildorlik 60 sentnerdan oshgan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, fermer xo‘jaliklarining paxtadan olgan sof foydasi yil yakunida 13-14 trillion so‘mni tashkil etishi mumkin.
Paxtachilikda yangi navlar, raqamli texnologiyalar va agrarodronlardan foydalanish kengaymoqda. Suv tejovchi texnologiyalar joriy etilishi natijasida suv sarfi 1990-yillardagi ko‘rsatkichlarga nisbatan qariyb ikki barobarga kamaygan.
Yig‘im-terim ishlari asosan texnikalar yordamida amalga oshirildi. Bu yil hosilning 85 foizi 3 mingdan ortiq paxta terish mashinasi yordamida yig‘ib olingan. Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida terim to‘liq mexanizatsiyalashtirilgan.
Paxta xomashyosi mamlakat ichida chuqur qayta ishlanib, undan ip-kalava, mato va tayyor to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Yirik korxonalardan biri sifatida Qashqadaryodagi Sulton Tex Group misol keltirilgan.
2027-yilgacha paxtaning o‘rtacha hosildorligini gektariga 65-70 sentnergacha yetkazish rejalashtirilgan. Bunga yuqori hosilli urug‘lar, agrarodronlar, suv va energiya tejovchi texnologiyalar hamda sun’iy intellekt yechimlari hisobiga erishish ko‘zda tutilgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Toshkentda yer ishlari uchun onlayn ruxsatnoma tizimi ishga tushirildi

Pedagoglar uchun uy-joy subsidiyasiga arizalar qabul qilinmoqda

O‘zbekiston va Qozog‘iston reyslar kvotasini oshirishga kelishib oldi

Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi bilan xayrlashdi
