Yangiliklar/Siyosat

Toshkentda yer ishlari uchun onlayn ruxsatnoma tizimi ishga tushirildi

Siyosat 5 noyabr, 18:17
Toshkentda yer ishlari uchun onlayn ruxsatnoma tizimi ishga tushirildi

Toshkentda yer ishlari va muhandislik kommunikatsiyalarini yotqizish uchun ruxsatnoma olishning yangi elektron tizimi ishga tushirildi. Bu haqda Yo‘l harakatini tashkil etish markazi ma’lum qildi.

Endilikda jismoniy va yuridik shaxslar order.tashkent.uz portali orqali onlayn ariza topshirishi mumkin.

Tizim quyidagi ishlar uchun ruxsatnoma olish imkonini beradi:

  • yer ishlarini amalga oshirish;
  • muhandislik kommunikatsiyalarini yotqizish;
  • yo‘llar yoki hududlarni vaqtincha yopish.

Markaz ma’lumotiga ko‘ra, oldindan rejalashtirilmagan yer ishlari transport tirbandliklari, piyodalar uchun noqulayliklar, yer osti kommunikatsiyalariga zarar yetishi va kommunal xizmatlar faoliyatida uzilishlarga sabab bo‘lishi mumkin.

Yangi platforma orqali yer ishlari oldindan rejalashtiriladi, tegishli tashkilotlar bilan kelishiladi va ularning bajarilishi nazorat qilinadi.

Shuningdek, mutasaddilar umumiy foydalanishdagi hududlarda yer qazish, ta’mirlash yoki boshqa qurilish ishlarini tegishli ruxsatnomasiz amalga oshirish qonunchilikda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatdi.

560

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→