O‘zbekistonda dam olish kunlari 6–8-noyabr kunlariga ob-havo

O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, 6–8-noyabr kunlari O‘zbekistonning katta qismida ob-havo quruq va issiq bo‘ladi. Yomg‘ir faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim joylarida yog‘ishi mumkin.
Kechasi harorat +14…+17 darajani, kunduzi +25…+27 darajani tashkil etadi, mamlakat janubida esa +30 darajagacha ko‘tariladi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. 6 va 8-noyabr kunlari shamolning tezligi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim hududlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda joylarda yomg‘ir yog‘adi, 6-noyabrda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor.
Toshkentda 6-noyabr kuni kechqurun yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, 7 va 8-noyabr kunlari esa yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +13…+15, kunduzi +24…+27 daraja issiq bo‘ladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Toshkentda buyurtma asosida odam o‘g‘irlashga uringan ikki erkak qo‘lga olindi

O‘zbekistonda tadbirkorlarga ariza asosida biznesni «muzlatib qo‘yish»ga ruxsat beriladi

Ko‘p qavatli uylar hovlisida o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlar jarimaga tortiladi

«Yuksalish» 40 yoshgacha bo‘lgan yosh rahbarlarning TOP-40 reytingini yangiladi
