«Yuksalish» 40 yoshgacha bo‘lgan yosh rahbarlarning TOP-40 reytingini yangiladi

«Yuksalish» harakati 5-noyabr kuni davlat boshqaruvidagi 40 yoshgacha bo‘lgan rahbarlarning yangilangan TOP-40 reytingini e’lon qildi. Reyting 2019-yildan buyon e’lon qilib kelinmoqda, bu yil u Ijtimoiy va iqtisodiy tashabbuslar instituti bilan hamkorlikda tayyorlandi.
Ro‘yxatdan Bosh vazir o‘rinbosari, Prezident administratsiyasi rahbari o‘rinbosarlari, Prezident maslahatchisi va vakili, vazirlarning birinchi o‘rinbosarlari, agentliklar rahbarlari, shahar hokimlari va davlat kompaniyalari rahbarlari joy olgan. 40 nafardan 17 tasi (42,5%) o‘z tashkilotlariga rahbarlik qiladi.
Baholash 100 ballik tizimda olib borildi. Ballar quyidagicha taqsimlandi: me’yoriy-huquqiy hujjatlardagi o‘zgarishlar — 20 ballgacha, iqtisodiy va tarmoq ko‘rsatkichlari — 20 ballgacha, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ochiqlik, xalqaro reytinglardagi dinamika va lavozimning islohotlarga ta’siri — 15 balldan. Ma’lumotlar davlat organlarining veb-saytlaridan, statistika, xalqaro tashkilotlar hisobotlari va OAVdan olindi hamda ekspertlar tomonidan tekshirildi.

Ro‘yxatda eng ko‘p xodim Prezident administratsiyasidan joy olgan — 10 nafar: Timur Butunbayev, Sherzod Ozodzoda, Kamoliddin Mardonov, Hasan Salixov, Akromjon Fozilov, Ella Jaxangirova, Abrorjon Po‘latov, Aziz Azimov, Aziza Qurbonova va Xushnudbek Xudoyberdiyev. Huquq-tartibot va mudofaa idoralaridan Bosh prokuror o‘rinbosari Bahodir Normurodov, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Rustam Mirzayev, Adliya vaziri o‘rinbosari Mirjalol Allaquliyev va Mudofaa vaziri o‘rinbosari Jahongir Muratov qayd etilgan. Senat va Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentlari raislari Laylo Aslonova va Otabek Sobitovni mualliflar kelajak uchun nomzod sifatida kiritishgan.
29 kishi (72,5%) reytingga birinchi marta kirdi. Ayollar soni 8 nafarni tashkil etdi, bu o‘tgan yilgiga qaraganda ikki baravar ko‘p. Dilnozaxon Kattaxanova reytingda Bosh vazir o‘rinbosari darajasidagi birinchi ayol bo‘ldi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Toshkentda buyurtma asosida odam o‘g‘irlashga uringan ikki erkak qo‘lga olindi

O‘zbekistonda dam olish kunlari 6–8-noyabr kunlariga ob-havo

O‘zbekistonda tadbirkorlarga ariza asosida biznesni «muzlatib qo‘yish»ga ruxsat beriladi

Ko‘p qavatli uylar hovlisida o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlar jarimaga tortiladi
