Ko‘p qavatli uylar hovlisida o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlar jarimaga tortiladi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi ogohlantirdi: ko‘p kvartirali uylar atrofidagi umumiy foydalanishdagi hududlarni o‘zboshimchalik bilan egallash va unda inshootlar barpo etish taqiqlanadi. Inspeksiyaning ta’kidlashicha, bunday qurilmalar hovlining infratuzilmasi hamda sanitariya holatini yomonlashtiradi, shuningdek, tez yordam va o‘t o‘chirish mashinalarining o‘tishiga xalaqit beradi.
Dastlab obyekt egasiga yozma ko‘rsatma beriladi. Agar u imoratni ixtiyoriy ravishda buzsa, javobgarlikka tortilmaydi. Aks holda, MJtKning 159-moddasiga asosan fuqarolarga 50 BHM, mansabdor shaxslarga esa 100 BHM miqdorida jarima solinadi. BHM 440 ming so‘m bo‘lgan holatda bu tegishlicha 22 mln va 44 mln so‘mni tashkil etadi.
159-modda turar joylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalarini, uy-joy fondini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalar hamda normalarini va ko‘p kvartirali uylarni boshqarish qoidalarini buzishga taalluqlidir. Mazkur modda hozirgi tahririda 2022-yildan buyon amal qilib kelmoqda — o‘shanda O‘RQ-773-sonli qonun bilan unga uylarni boshqarish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik qo‘shilgan edi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Toshkentda buyurtma asosida odam o‘g‘irlashga uringan ikki erkak qo‘lga olindi

O‘zbekistonda dam olish kunlari 6–8-noyabr kunlariga ob-havo

O‘zbekistonda tadbirkorlarga ariza asosida biznesni «muzlatib qo‘yish»ga ruxsat beriladi

«Yuksalish» 40 yoshgacha bo‘lgan yosh rahbarlarning TOP-40 reytingini yangiladi
