Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangilab, jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi

Akbar Jo‘rayev Xitoyda o‘tkazilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida dast ko‘tarish mashqida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
110 kg vazn toifasida ishtirok etgan sportchi eng yaxshi urinishida 198 kg vaznni ko‘tardi va jahon rekordini yangiladi. Uning avvalgi rekordi 197 kg bo‘lib, bu natijani Jo‘rayev 2026-yil 29-sentabr kuni Yaponiyaning Nagoya shahrida qayd etgan edi.
Akbar Jo‘rayev Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni, Parij-2024 Olimpiadasining kumush medal sohibi hisoblanadi. U Tokio Olimpiadasida 109 kg, Parij Olimpiadasida esa 102 kg vazn toifasida qatnashgan. Shuningdek, sportchi 2021 va 2023-yillarda jahon chempioni bo‘lgan.
Musobaqaning keyingi bosqichida og‘ir atletikachilar siltab ko‘tarish mashqida medallar uchun kurashni davom ettiradi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

O‘zbekistonda ikki OTM rektori «Xavfsiz talaba» ilovasi atrofidagi mojaro ortidan lavozimidan ozod etildi

Toshkentda buyurtma asosida odam o‘g‘irlashga uringan ikki erkak qo‘lga olindi

O‘zbekistonda dam olish kunlari 6–8-noyabr kunlariga ob-havo

O‘zbekistonda tadbirkorlarga ariza asosida biznesni «muzlatib qo‘yish»ga ruxsat beriladi
