Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda gaz-havo aralashmasi chaqnadi
Jamiyat 5 noyabr, 12:41

5-noyabr kuni soat 10:00 atrofida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Uchtepa tumanidagi Chilonzor dahasining 23-mavzesida joylashgan ko‘p qavatli uy xonadonlaridan birida gaz-havo aralashmasi chaqnagani haqida xabar kelib tushdi.
FVB ma’lumotiga ko‘ra, voqea joyiga qutqaruv ekipajlari yetib borib, yuzaga kelgan yong‘inni bartaraf etgan.
Hodisa oqibatida qo‘shni xonadonning eshik va derazalariga qisman zarar yetgan. Bir kishi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda hodisaning kelib chiqish sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
1010
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
→
Tavsiya etamiz

Sanatoriy yo‘llanmasini qanday olish mumkin?
98·5 noyabr, 13:49

O‘zbekistonda dronlar uchun yangi tartiblar joriy etilishi mumkin
115·5 noyabr, 11:11

O‘zbekistonda ommaviy tadbirlarda tovarlar tarqatishni cheklash taklif qilindi
176·5 noyabr, 10:39

Ekstremizm uchun sudlanganlarga OAV tashkil etish va jurnalistika bilan shug‘ullanish taqiqlandi
371·4 noyabr, 20:29

O‘zbekistonda «10 ming qadam» aksiyasini qayta tiklash taklif qilindi
376·4 noyabr, 19:23