O‘zbekistonda «10 ming qadam» aksiyasini qayta tiklash taklif qilindi

Sport vazirligi «10 ming qadam» aksiyasini o‘tkazish tartibi bo‘yicha loyiha hujjatini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.
Loyihaga ko‘ra, aksiyada 18 yoshdan oshgan O‘zbekiston fuqarolari qatnashishi mumkin. Bir yil davomida mamlakat hududida eng ko‘p qadam bosgan va har kuni kamida 10 ming qadam yurgan ishtirokchilar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Tizim mobil ilova va veb-portal orqali ishlaydi. Ishtirokchilarning qadamlar soni haqidagi ma’lumotlarni Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha milliy qo‘mita kuzatib boradi.
Operator quyidagi holatlarda natijalarni tekshirish huquqiga ega bo‘ladi:
- odatdagidan yuqori ko‘rsatkichlar aniqlanganda;
- sun’iy intellekt yoki avtomatlashtirilgan dasturlardan foydalanish alomatlari kuzatilganda;
- boshqa ishtirokchilardan murojaatlar kelib tushganda;
- texnik nosozliklar yuzaga kelganda.
Loyiha muhokamasi 13 noyabrgacha davom etadi.
«10 ming qadam» platformasi ilk bor 2021-yil iyun oyida ishga tushirilgan edi. Biroq 2022-yil aprelida fuqarolarni bosgan qadamlari uchun rag‘batlantirish tizimi bekor qilingan.
Tashabbusni qayta tiklash rejasi 2026-yil mart oyida Prezidentga 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ustuvor loyihalar taqdimoti chog‘ida ma’lum qilingan. O‘shanda aksiyani 2026-yil 1-maydan qayta yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgani bildirilgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Ekstremizm uchun sudlanganlarga OAV tashkil etish va jurnalistika bilan shug‘ullanish taqiqlandi

O‘zbekiston qonunchiligida «diniy ekstremizm» atamasi «ekstremizm» bilan almashtirildi

Texnogen favqulodda vaziyat qurbonlari oilalariga 220 million sömgacha kompensatsiya tölanadi

Taşkentda Lixiang haydovçisi piyodani urib yubordi, erkak voqea joyida halok bo‘ldi
