Yangiliklar/Siyosat

Saida Mirziyöyeva Qarşidagi maktab va bolalar boğchasini ta’mirlash rejalarini ma’lum qildi

Siyosat 4 noyabr, 16:16
Saida Mirziyöyeva Qarşidagi maktab va bolalar boğchasini ta’mirlash rejalarini ma’lum qildi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyöyeva Qarşi şahridagi 43-sonli maktab, 1-sonli bolalar boğçasi hamda Qashqadaryo ilğor kasbiy mahorat texnikumiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida u ayrim ta’lim muassasalaridagi sharoitlar talab darajasida emasligini qayd etdi. Xususan, 1-sonli bolalar boğçasi avariya holatida ekani, 43-sonli maktabda esa o‘quvchilar eski partalarda va sovuq sinfxonalarda tahsil olayotgani ta’kidlandi.

Saida Mirziyöyevaning ma’lum qilishicha, mavjud boğça örnida 360 örinli yangi maktabgacha ta’lim muassasasi quriladi. Shuningdek, 43-sonli maktab to‘liq rekonstruksiya qilinadi.

Loyiha doirasida maktab zamonaviy laboratoriyalar, ijodiy tögaraklar uchun joylar hamda alohida ehtiyojga ega bolalar uchun inklyuziv muhit bilan ta’minlanadi.

Delegatsiya, shuningdek, Qashqadaryo ilğor kasbiy mahorat texnikumida ham bo‘ldi. Saida Mirziyöyeva ta’lim olayotgan yoshlarning kelajakka intilishi va yaratilgan sharoitlarni ijobiy baholadi.

630

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→