Osiyo Kubogi-2027 musobaqasi boshqa muddatga köchirildi

Osiyo futbol konfederatsiyasi (AFC) Saudiya Arabistonida ötkazilishi rejalashtirilgan Osiyo Kubogi-2027 musobaqasining yangi sanalarini e’lon qildi.
Dastlab turnir 2027-yil 7-yanvardan 5-fevralgacha bölib ötishi kerak edi. Endilikda musobaqa 2027-yil 23-dekabrdan 2028-yil 21-yanvargacha ötkaziladi.
AFC bayonotida aytilişiça, qaror Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi va turnir tashkiliy qömitasi bilan ötkazilgan maslahatlashuvlardan söng qabul qilingan.
Konfederatsiya turnir muddatlari özgarishini mintaqadagi vaziyat, logistika bilan bog‘liq qiyinchiliklar hamda transport qatnovidagi uzilishlar bilan izohladi.
AFCga köra, yuzaga kelgan holat musobaqani avval rejalashtirilgan muddatlarda ötkazishni imkonsiz qilgan. Shu sabab turnirni köchirish barcha ishtirokchi terma jamoalar, rasmiylar, muxlislar va boshqa tomonlar manfaatidan kelib chiqib zarur deb topilgan.
Yangi sanalar FIFA tasdiğidan söng rasman kuchga kiradi.
Musobaqaning final bosqichida 24 ta terma jamoa ishtirok etishi kutilmoqda. Ular orasida Özbekiston milliy terma jamoasi ham bor.
Osiyo Kubogi Saudiya Arabistoni tarixida ilk bor ushbu mamlakat mezbonligida ötkaziladi. Turnirga tayyorgarlik mintaqadagi xavfsizlik bilan boğliq vaziyat fonida davom etmoqda.
Sönggi haftalarda husiylar tomonidan Saudiya Arabistonidagi bir qator obyektlarga hujumlar uyushtirilgani haqida xabarlar tarqalgan. Oktabr oyida Ar-Riyod xalqaro aeroportiga berilgan zarba oqibatida halok bölganlar va yaralanganlar qayd etilgan edi. Noyabr boshida esa Dammam aeroporti tomonga dronlar uchirilgani ma’lum qilingan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Taşkentda Lixiang haydovçisi piyodani urib yubordi, erkak voqea joyida halok bo‘ldi

Saida Mirziyöyeva Qarşidagi maktab va bolalar boğchasini ta’mirlash rejalarini ma’lum qildi

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi
