Yangiliklar/Siyosat

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Siyosat 4 noyabr, 14:29
Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Buxoro viloyatida turizm infratuzilmasini kengaytirish böyiça bir neçta yirik loyihalar amalga oshiriladi. Ular orasida 500 million dollarlik turizm klasteri, xalqaro tadbirlar uchun kongress-xoll hamda Hilton va Holiday Inn brendlari ostidagi mehmonxonalar bor.

Loyihalar Buxoro viloyatini kompleks rivojlantirish masalalariga bağişlangan yiğilishda muhokama qilindi.

Ma’lum qilinişiça, 2026-yil yakuniga qadar viloyatga 3,5 million nafar xorijiy sayyöh tashrif buyurishi kutilmoqda. Kelgusida bu göstergiçni ikki barobar oshirib, yiliga 7 million nafarga yetkazish maqsad qilingan.

Yiğilishda qayd etilişiça, turistik xizmatlar hajmi va sifati mavjud talabga töliq javob bermaydi. Viloyatda hozircha birorta ham besh yulduzli mehmonxona faoliyat yuritmaydi. Savdo va köngiloçar maskanlarning asosiy qismi esa Buxoro şahrida jamlangan.

Gulçorboğ mahallasida qiymati 80 million dollar bölgan yangi turizm markazi qurilmoqda. Maydoni 50 gektarni taşkil etadigan hududda körgazmalar zali, amfiteatr va bir neçta mehmonxona joylaşadi.

Jalol Ikromiy mahallasida esa 60 million dollarlik kongress-xoll bunyod etilmoqda. Mazkur majmua xalqaro darajadagi forum va tadbirlarni ötkazishga möljallangan. Uning yonida Hilton va Holiday Inn brendlari ostida ikkita yetti qavatli mehmonxona quriladi.

Şuningdek, Buxoro şahrida oltita yangi xiyobon barpo etish va sakkizta markaziy köchani rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Loyiha doirasida milliy va zamonaviy me’moriy yeçimlardan foydalaniladi.

Buxoro tumanida maydoni 1000 gektardan iborat hududda yana bir yirik turizm klasteri tashkil etiladi. Qiymati 500 million dollarga baholanayotgan loyiha ishga tushirilgach, sayyöhlarning viloyatda qolish muddati örtacha 4–5 kungacha uzayishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, Qadimiy Buxoro, Paykent, Varaxşa, Çorbakr, Vardonze va boshqa tarixiy obidalarni yagona turistik konsepsiya asosida boğlash rejalashtirilgan. Bu sayyöhlarga viloyatning asosiy tarixiy maskanlarini bir marşrut doirasida ziyorat qilish imkonini beradi.

Avvalroq Şavkat Mirziyöyev Buxoroda qurilayotgan turistik obyektlar bilan tanishgan edi. Öshanda Gulçorboğdagi turizm markazi qiymati 105 million dollar, kongress-xoll va mehmonxonalar majmuasi esa 136 million dollarga baholangani ma’lum qilingan.

630

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→