Yangiliklar/Iqtisod

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Iqtisod 4 noyabr, 13:04
Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

2026-yil 1-oktabr holatiga köra, Özbekistondagi tijorat banklarining jami kapitali 152,9 trillion sömni taşkil etdi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 17,3 foizga köp ekanini Markaziy bank ma’lumotlari körsatmoqda.

Bir yil avval bank sektori kapitali 130,4 trillion söm darajasida edi. Şunday qilib, tizim kapitali bir yil davomida 22,5 trillion sömga oshdi.

Bank sektorining regulyativ kapitali ham 17,6 foizga ösib, 169,4 trillion sömga yetdi. Aktivlar ham deyarli şu sur’atlarda ösayotgani sababli kapital yetarliligi koeffitsienti amalda özgarmadi. Mazkur göstergiç ötgan yildagi 18,19 foizga nisbatan 18,18 foizni taşkil qildi.

Birinçi darajali kapital hajmi 17,6 foizga ösib, 140,3 trillion sömga yetdi. Uning regulyativ kapitaldagi uluşi 82,8 foizni taşkil etmoqda. Asosiy birinçi darajali kapital esa 14,4 foizga ösib, 136,2 trillion sömga yetdi.

Biroq birinçi darajali kapital yetarliligi koeffitsientlari biroz pasaydi. Mazkur göstergiç 15,06 foizdan 14,99 foizga tushgan. Asosiy birinçi darajali kapital koeffitsienti esa 15,02 foizdan 14,61 foizga kamaygan.

Qöşimça kapital hajmi eng yuqori ösişni namoyiş etdi. U bir yil ichida qariyb 11 baravar ösib, 380 milliard sömdan 4,1 trillion sömga yetdi.

Ikkinçi darajali kapital esa 20 foizga köpayib, 29,7 trillion sömni taşkil etdi.

Banklar öz mablağlarini asosan foyda hisobiga mustahkamladi. Taqsimlanmagan foyda bir yil davomida 55,4 foizga ösib, 34,6 trillion sömga yetdi. Natijada uning banklar xususiy kapitalidagi uluşi 17,1 foizdan 22,6 foizga kötarildi.

Ustav kapitali 9,6 foizga ösib, 101,2 trillion sömga yetgan bölsa, rezerv kapitali 10,6 foizlik ösişdan söng 15,9 trillion sömni taşkil etdi.

Kapitali 10 trillion sömdan yuqori bölgan törtta bank mavjud. Bular — Özmilliybank (21,2 trillion söm), Agrobank (13,9 trillion söm), Özsanoatqurilişbank (13,1 trillion söm) va Xalq bankidir (11,5 trillion söm).

Mazkur törtta bank hissasiga mamlakat bank tizimi jami kapitalining 39 foizi töğri keladi. Bir yil avval bu göstergiç 42 foizni taşkil etgan edi.

Yana yettita bank kapitali 5 trillion sömdan 10 trillion sömgacha bo‘lgan toifaga kiradi. Ular sektor jami kapitalining 33,8 foiziga egalik qiladi. Sakkizta bank kapitali esa 2 trillion sömdan 5 trillion sömgacha bo‘lib, ularning uluşi 18 foizni taşkil etadi.

Kapital yetarliligi eng yuqori darajada kichik banklarda saqlanib qolmoqda. Aktivlari 3 trillion sömgacha bölgan oltita bankda kapital yetarliligi koeffitsienti 27,2 foizni taşkil etgan. Aktivlari 3 trillion sömdan 10 trillion sömgacha bölgan yana oltita bankda bu göstergiç 20,8 foizga teng.

Aktivlari 30 trillion sömdan yuqori bölgan 12 ta yirik bankda esa kapital yetarliligi koeffitsienti 17,6 foiz darajasida qayd etilgan.

650

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→