Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Sport 4 noyabr, 13:48
Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekiston terma jamoasi Dakar shahrida ötayotgan IV yozgi ösmirlar Olimpiya öyinlarida yana ikkita medalni qölga kiritdi. Jamoa hisobiga bir kumuş va bir bronza medal yozildi.

Delegatsiyaning ilk medalini suzuvchi Muhammadismoil Rahmonov taqdim etdi. Sportçi brass usulida 200 metr masofaga suziş bahslarida 2 daqiqa 15,79 soniya natija qayd etib, üçünçi örinni egalladi va bronza medaliga sazovor böldi.

Ikkinçi medalni dzyudoçi Jurabek Eşpulatov qölga kiritdi. 100 kilogrammgacha bölgan vazn toifasida ishtirok etgan özbekistonlik sportçi finalga qadar yetib bordi. Hal qiluvchi bahsda raqibiga imkoniyatni boy bergan Eşpulatov musobaqani kumuş medal bilan yakunladi.

Şu tariqa, Özbekiston terma jamoasi Dakar-2026 yozgi ösmirlar Olimpiya öyinlaridagi medallar hisobini yana ikkitaga oshirdi.

590

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→