Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Dunyo 4 noyabr, 14:00
Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Britaniyalik sayyöh Karl Buşbi 28 yil davom etgan noyob piyoda sayohatini yakunlab, vatani Buyuk Britaniyaga qaytdi.

Bi-bi-si xabariga köra, sayyöh İngliyaning Hall şahrida yaqinlari bilan qayta uchraşdi. U öz onasi Anjela bilan sönggi ön yil ichida ilk bor körishdi. Şuningdek, otasi, aka-ukalari, o‘ğli Adam va 12 yaşli nevarasi bilan ham uchraşdi. Sayyöh avval nevarasini heç qachon körmagan edi.

Karl Buşbi uyga qaytishni «ajoyib va ishonish qiyin» voqea deb ta’rifladi. Uni nafaqat qarindoshlari, balki onlarça mahalliy aholi hamda Hall meri Mariya Kauard kutib oldi. Şahar aholisi sayyöhni manzilga yetib kelishidan avvalgi sönggi kilometrlarda qarshi oldi.

Buşbi sayohatini 1998-yilda, 29 yaşida boshlagan. Turmush örtoği bilan ajrashganidan keyin u öz oldiga dunyo böylab piyoda sayohat qilish maqsadini qöygan. Sayyöh safar davomida transport vositalaridan foydalanmaslik va marşrut tugamagunça Buyuk Britaniyaga qaytmaslikka va’da bergan.

Sayohat Janubiy Amerikaning eng janubiy nuqtalaridan biri hisoblangan Çilining Punta-Arenas şahridan boshlangan. Karl Buşbi piyoda holda Hall şahrigacha yetib borishni rejalashtirgan edi. Dastlab u buning uchun 12 yil yetarli böladi deb hisoblagan.

Biroq safar kutilganidan ancha uzoq davom etdi. Natijada sayyöh 48 ming kilometrdan ortiq masofani bosib ötdi va 29 ta mamlakatni kesib ötdi.

Yölda unga bir necha bor marşrutni özgartirishga töğri kelgan. Jumladan, homiylari bilan uchraşish uchun bir necha marta AQŞga borgan. COVID-19 pandemiyasi davrini esa Meksikada ötkazgan, çünkü u yerda yaşayiş xarajatlari nisbatan arzonroq bölgan.

Endilikda Karl Buşbi oddiy hayotga qayta moslaşishi kerakligini aytmoqda. Uning sözlariga köra, uzun yillar davomida özini avvalo sarguzaşt izlovchi va sayyöh sifatida tanigan. Endi esa sayohat yakunlangani sabab ma’lum ma’noda şaxsiylik inqiroziga duch kelishi mumkin.

«Men haqimdagi barcha tasavvurlar, kim ekanimni belgilab bergan narsalarning katta qismi endi ortda qoladi. Şuning uchun ham ma’lum bir identiklik inqirozi yuzaga kelmoqda», — dedi sayyöh.

660

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→