Texnogen favqulodda vaziyat qurbonlari oilalariga 220 million sömgacha kompensatsiya tölanadi

Özbekistonda texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan fuqarolarga yetkazilgan zararni baholash va qoplash tartibi tasdiqlandi.
Hujjatga muvofiq, respublikaning barcha tuman va şahar hokimliklari huzurida zararlarni qoplash jamğarmalari tashkil etiladi. Kompensatsiya miqdorini maxsus komissiya hududiy iqtisodiyot va moliya organlari bilan kelishgan holda belgilaydi.
Yangi tartibga köra, texnogen favqulodda vaziyat oqibatida halok bölgan fuqarolarning oila a’zolariga bir martalik moddiy yordam körsatiladi. Tölov miqdori 500 BHMgacha yoki 220 million sömgacha bölishi mumkin. Mablağ turmush örtoği, farzandlar, ota-onalar va boqimandalarga teng ulushlarda taqsimlanadi.
Jarohat olgan fuqarolar uchun ham bir martalik kompensatsiyalar belgilangan:
- oğir tan jarohati olganlarga — 200 BHMgacha (88 million söm);
- örtacha oğir tan jarohati olganlarga — 150 BHMgacha (66 million söm);
- yengil tan jarohati olganlarga — 100 BHMgacha (44 million söm).
Nizomga köra, ushbu tölovlar favqulodda vaziyat yuzaga kelishida aybdor deb topilgan yuridik shaxslar yoki ularning mansabdor shaxslari mablağlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjat texnogen avariyalar, ishlab chiqarishdagi yirik hodisalar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida zarar körgan fuqarolarga kompensatsiya tölashning yagona tartibini belgilaydi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

O‘zbekiston qonunchiligida «diniy ekstremizm» atamasi «ekstremizm» bilan almashtirildi

Taşkentda Lixiang haydovçisi piyodani urib yubordi, erkak voqea joyida halok bo‘ldi

Saida Mirziyöyeva Qarşidagi maktab va bolalar boğchasini ta’mirlash rejalarini ma’lum qildi

Osiyo Kubogi-2027 musobaqasi boshqa muddatga köchirildi
