Toshkentda erkak somsa sotgani uchun 2 mln so‘m jarimaga tortildi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 25 yoshli erkak davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan somsa sotgani uchun 2 mln 60 ming so‘m jarimaga tortildi. Sud, shuningdek, undan olib qo‘yilgan 140 ming so‘m naqd pulni davlat foydasiga o‘tkazish, 26 dona somsani esa yo‘q qilish haqida qaror chiqardi. Bu haqda Kun.uz sud qaroriga tayanib xabar berdi.
Ish 24-noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida ko‘rib chiqilgan.
Sud materiallariga ko‘ra, 26-oktabr kuni tuman soliq inspeksiyasi xodimlari 25 yoshli erkakning davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan somsa sotayotganini aniqlagan. Tekshiruv davomida undan 140 ming so‘m naqd pul va 26 dona somsa olib qo‘yilib, daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirilgan.
Sud majlisida erkak aybiga iqror bo‘lib, qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan. U oilada yagona boquvchi ekanini aytib, suddan yengillik berishni so‘ragan.
Sud uni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 176-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topib, BHMning 5 baravari miqdorida — 2 mln 60 ming so‘m jarima tayinlagan.
Shuningdek, olib qo‘yilgan 140 ming so‘m davlat foydasiga musodara qilinishi, 26 dona somsa esa belgilangan tartibda yo‘q qilinishi belgilangan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Sindorov va Gukesh jahon chempionligi uchun bahsda ketma-ket to‘rtinchi bor durang o‘ynadi

O‘zbekiston Senati safarbarlik to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

Tezlikni oshirganlik uchun jarimalar 28,6 mln so‘mgacha oshadi

To‘qimachi va Angren o‘rtasida ikkinchi temir yo‘l quriladi
