Toshkentda firibgarlar «aqlli» hisoblagich o‘rnatish bahonasida pasport ma’lumotlarini so‘ramoqda

Toshkentda telefon firibgarlari o‘zini «aqlli» suv hisoblagichlarini o‘rnatuvchi mutaxassis sifatida tanishtirib, fuqarolardan pasport va boshqa shaxsiy ma’lumotlarni so‘ramoqda. Ular asosan keksa yoshdagi aholi va pensionerlarga qo‘ng‘iroq qilmoqda, deb ogohlantirdi «Toshshaharsuvta’minoti».
Firibgarlar poytaxt tumanlarida zamonaviy hisoblagichlarni rejali o‘rnatish ishlari davom etayotganidan foydalanmoqda. Ular telefon orqali hisoblagichni rasmiylashtirish yoki o‘rnatishni taklif qilib, shaxsiy ma’lumotlarni olishga urinmoqda.
Korxona hisoblagich o‘rnatish uchun telefon orqali pasport ma’lumotlari yoki boshqa shaxsiy ma’lumotlarni berish talab etilmasligini bildirdi.
Hisoblagichlar qanday o‘rnatiladi?
Hisoblagich o‘rnatish ishlari boshlanishidan oldin aholi mahalla qo‘mitasi orqali xabardor qilinadi. Ishlarning muddati va navbati haqidagi ma’lumotni mahallalarda tashkil etilgan vaqtinchalik shtab mutaxassislaridan olish mumkin.
Shubhali qo‘ng‘iroq vaqtida quyidagilarni qilmaslik kerak:
- pasport ma’lumotlarini aytish;
- bank kartasi raqami yoki maxfiy kodini berish;
- SMS orqali kelgan tasdiqlash kodini yuborish;
- noma’lum havolalarga kirish;
- telefon orqali hisoblagich o‘rnatish uchun ariza rasmiylashtirish.
Agar suhbatdosh shaxsiy ma’lumot, bank rekvizitlari yoki SMS kodini so‘rasa, qo‘ng‘iroqni yakunlash tavsiya etiladi.
Ma’lumotni «O‘zsuvta’minot»ning 1255 qisqa raqami yoki «Toshshaharsuvta’minoti»ning +998 78 150-69-66 telefon raqami orqali tekshirish mumkin.
Korxona aholidan, ayniqsa, yoshi katta qarindoshlarini yangi firibgarlik usuli haqida ogohlantirishni va begona shaxslarga shaxsiy ma’lumot bermaslikni so‘radi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Shavkat Mirziyoyev Qohira yaqinidagi yong‘in qurbonlari munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Nyu-York shtati bolalar uchun SI-chatbotli o‘yinchoqlarni besh yilga taqiqladi

Meta Muse assistentini Instagram chatlariga qo‘shdi

охрана в Узбекистане, мобильная SOS-система, Цифровая охрана, тревожная кнопка, охрана квартир, Национальная гвардия, охранные услуги, умный и безопасный дом, дроны, безопасность в махаллях
