Shavkat Mirziyoyev Qohira yaqinidagi yong‘in qurbonlari munosabati bilan hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qohira yaqinida benzin tashuvchi yuk mashinasi ishtirokida yuz bergan avariya oqibatlari munosabati bilan Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiyga hamdardlik yo‘lladi.
Davlat rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirib, jarohatlanganlarga tezroq sog‘ayishni tiladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Hodisa 25-noyabr kuni kechqurun Giza viloyatining Al-Varroq hududida, Qohirani o‘rab turuvchi halqa avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Yonilg‘i tashuvchi yuk mashinasi ag‘darilib, undan sizib chiqqan benzin yonib ketgan.
Misr Sog‘liqni saqlash vazirligining yakuniy ma’lumotiga ko‘ra, yong‘inda 31 kishi halok bo‘lgan, 21 kishi jarohatlangan. Voqea joyiga 39 ta tez yordam mashinasi yuborilgan, jabrlanganlar yaqin atrofdagi shifoxonalarga olib borilgan.
Yong‘in 27 ta transport vositasi, jumladan, avtomobillar va mototsikllarni qamrab olgan.
Avariyaga boshqa avtomobil haydovchisi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin
Misr prokuraturasi hodisaga aloqadorlikda gumon qilingan yengil avtomobil haydovchisini qo‘lga oldi.
Tergov ma’lumotiga ko‘ra, haydovchi soatiga taxminan 110 kilometr tezlikda harakatlanib, qatorlar orasida mashinalarni quvib o‘tgan. Navbatdagi manyovr vaqtida uning avtomobili benzin tashuvchi yuk mashinasiga urilgan.
Shundan so‘ng yuk mashinasining shinalaridan biri yorilib, transport vositasi beton to‘siqqa borib urilgan va ag‘darilgan. Sisternadan oqib chiqqan benzin yonib, olov atrofdagi avtomobillarga tarqalgan.
Bu tergovning dastlabki xulosasi bo‘lib, hodisa bo‘yicha surishtiruv davom etmoqda.
Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy jabrlanganlarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatish va halok bo‘lganlarning oilalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriq berdi. Mamlakatning moliyaviy nazorat idorasi sug‘urta tovonlarini tezlashtirishni buyurdi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Nyu-York shtati bolalar uchun SI-chatbotli o‘yinchoqlarni besh yilga taqiqladi

Meta Muse assistentini Instagram chatlariga qo‘shdi

Toshkentda firibgarlar «aqlli» hisoblagich o‘rnatish bahonasida pasport ma’lumotlarini so‘ramoqda

охрана в Узбекистане, мобильная SOS-система, Цифровая охрана, тревожная кнопка, охрана квартир, Национальная гвардия, охранные услуги, умный и безопасный дом, дроны, безопасность в махаллях
