Yangiliklar/Siyosat

O‘zbekistonda xorijiy avtomobillar bo‘lish muddatini 90 kundan 180 kungacha uzaytirish taklif etilmoqda

Siyosat 24 noyabr, 16:29
O‘zbekistonda xorijiy avtomobillar bo‘lish muddatini 90 kundan 180 kungacha uzaytirish taklif etilmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bojxona ma’muriyatchiligi va tashqi savdo tartib-taomillarini soddalashtirishga qaratilgan qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Bu haqda palata matbuot xizmati xabar berdi.

Asosiy o‘zgarishlar:

  • Xorijiy avtomobillar. Ularning O‘zbekiston hududida bo‘lish muddati 90 kundan 180 kungacha uzaytiriladi. Qonun loyihasi bilan Bojxona kodeksidagi xorijiy avtomobillarni olib kirish va olib chiqish tartibi o‘zgartirilmoqda.
  • Bojxona to‘lovlarini kechiktirish. To‘lovni kechiktirib to‘lash mumkin bo‘lgan muddat 60 kundan 120 kungacha oshiriladi.
  • Foizlar. Bojxona to‘lovlarini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashda hisoblanadigan foizlar Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasiga tenglashtiriladi.
  • Biznes uchun ta’minot. Tadbirkorlar uchun bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlashning bosh ta’minot summalarini kamaytirish mexanizmi joriy etiladi.
  • «Yagona darcha». «Yagona darcha» bojxona axborot tizimi orqali litsenziyalar, ruxsatnomalar va xabarnomalar uchun arizalarni, shuningdek, ularga ilova qilinadigan hujjatlarni taqdim etish imkoniyatlari kengaytiriladi.

Endi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqiladi.

320

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→