O‘zbekistonda xorijiy armiyalarda xizmat qilish va yollash uchun jazoni kuchaytirish taklif etilmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari O‘zbekiston fuqarolarining xorijiy harbiy tuzilmalarda xizmat qilishi hamda ularga yollash uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytiruvchi qonun loyihasini ko‘rib chiqdi. Hujjat Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan ishlab chiqilgan.
Ma’ruzani Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Saydullo Azimov taqdim etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2025-yilda ushbu toifadagi jinoyatlar soni 2024-yilga nisbatan deyarli 12 barobarga ko‘paygan. U fuqarolar xorijdagi qurolli mojarolarga jalb etilayotgani va ayrim hollarda halok bo‘layotganini ta’kidladi. Shuningdek, fuqarolarning o‘z ixtiyori bilan boshqa davlatlarning harbiy tuzilmalari, xavfsizlik organlari va politsiyasiga xizmatga kirishi yoki bu ishga boshqa fuqarolarni yollash holatlari ham qayd etilmoqda.
Qonun loyihasi bilan Jinoyat kodeksiga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilmoqda:
- Xorijiy tuzilmalarda xizmat qilish (154-1-moddaning 1-qismi). Hozirda chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga kirganlik uchun BHMning 300 baravarigacha jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi belgilangan. Endilikda 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosini belgilash taklif etilmoqda.
- Yollash (154-1-moddaning 2-qismi). Amaldagi tahrirda 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan. Yangi loyihada 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi taklif qilinmoqda.
- 154-moddadagi tahririy o‘zgartirish. Moddaning birinchi va ikkinchi qismlarini o‘zaro muvofiqlashtirish maqsadida 2-qismdagi «harbiy to‘qnashuvlar» so‘zlari «qurolli to‘qnashuvlar» so‘zlari bilan almashtiriladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

O‘zbekistonda xorijiy avtomobillar bo‘lish muddatini 90 kundan 180 kungacha uzaytirish taklif etilmoqda

Internetga UFC jadvali sizib chiqdi: turnir 2027-yilda Toshkentdagi Humo Arena’da o‘tkazilishi mumkin

Yuridik shaxslar uchun internet-banking: imkoniyatlar va afzalliklar

Javohir Sindorov jahon chempionligi uchun bahsni boshlaydi
