Internetga UFC jadvali sizib chiqdi: turnir 2027-yilda Toshkentdagi Humo Arena’da o‘tkazilishi mumkin

Internetda UFC’ning Markaziy Osiyo va Kavkazga kengayish rejalari aks etgan taxminiy ichki hujjati surati paydo bo‘ldi. Ushbu jadvalga ko‘ra, Toshkentdagi turnir 2027-yilning uchinchi choragida Humo Arena’da o‘tkazilishi mumkin. Liga hozircha hujjatning haqiqiyligini rasman tasdiqlagani yo‘q.
O‘zbekistondagi ehtimoliy maydon sifatida Humo Arena ko‘rsatilgan. 2027-yil uchun istiqbolli lokatsiyalar ro‘yxatida Olmaota, Bishkek va Tbilisi shaharlari ham qayd etilgan.
Sizib chiqqan ma’lumot avvalroq xabar berilgan muzokaralar bilan mos kelmoqda. 2026-yil iyun oyida Otabek Umarov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi UFC prezidenti Dana Uayt bilan uchrashgan edi. Tomonlar Toshkentda nafaqat UFC Fight Night turnirini, balki Uaytning yangi boks loyihasi — Zuffa Boxing kechalarini ham o‘tkazish masalasini muhokama qilgan. Muzokaralarga yaqin manbalar yozdayoq 2027-yilda O‘zbekistonda liga turnirini o‘tkazish rejalari haqida xabar bergan edi.
UFC qo‘shni bozorlarni ham o‘rganmoqda. 2026-yil noyabr oyida Qozog‘iston turizm va sport vaziri Yerbol Mirzabosinov Ostona liga bilan 2027 yoki 2028-yilda turnir o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini tasdiqladi. Sport OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Olmaotadagi turnir dastlabki tarzda 2027-yil 1-may sanasiga ko‘rib chiqilmoqda. Promoushenning 2027-yilgi taqvimida Boku ham tilga olingan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

O‘zbekistonda xorijiy avtomobillar bo‘lish muddatini 90 kundan 180 kungacha uzaytirish taklif etilmoqda

Yuridik shaxslar uchun internet-banking: imkoniyatlar va afzalliklar

O‘zbekistonda xorijiy armiyalarda xizmat qilish va yollash uchun jazoni kuchaytirish taklif etilmoqda

Javohir Sindorov jahon chempionligi uchun bahsni boshlaydi
