Quruq o‘t va barglarni yoqganlik uchun 4,4 mln so‘mgacha jarima solinishi mumkin

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi fuqarolarga quruq o‘t, to‘kilgan barglar, shox-shabba va boshqa o‘simlik qoldiqlarini yoqish taqiqlanganini eslatdi.
Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, o‘simlik qoldiqlari yoqilganda havoga is gazi, azot oksidlari, benz(a)piren, dioksinlar va inson salomatligiga zarar yetkazuvchi boshqa moddalar ajraladi.
Bundan tashqari, olov tuproq tarkibidagi mikro va makroelementlarni yo‘q qiladi, bu esa yer unumdorligining pasayishiga olib keladi.
Qishloq xo‘jaligi yerlarida o‘simlik qoldiqlarini yoqish qonun bilan taqiqlangan. Bunday holatlar uchun 10 BHMgacha, ya’ni 4,4 million so‘mgacha ma’muriy jarima belgilangan.
Agar yong‘in oqibatida ekin maydonlariga zarar yetsa, undiriladigan to‘lov miqdori yetkazilgan zarardan kelib chiqib hisoblanadi.
Ekologlar o‘simlik qoldiqlarini yoqish o‘rniga kompost tayyorlash, mulchalash yoki chorva uchun ozuqa sifatida foydalanishni tavsiya qilmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
