Toşkent avtobuslarida beş kunda 2603 ta bayonnoma tuzildi

23–27-oktabr kunlari Toşkent avtobuslarida yol haqini tölamagan yolovçilarga nisbatan 2603 ta ma’muriy bayonnoma tuzildi, deb xabar berdi Transport vazirligi.
Eng köp bayonnoma quyidagi yönalişlarda rasmiylaştirildi:
- 190-sonli avtobusda — 331 ta;
- 115-sonli avtobusda — 276 ta;
- 134-sonli avtobusda — 263 ta.
Uşbu üçta yönalişda jami 870 ta bayonnoma tuzilgan. Bu umumiy körsatkiçning uçdan bir qismini taşkil etadi.
Tekşiruvlar 115, 134, 120, 56, 199, 198, 84, 190, 128, 71, 188 va 101-sonli avtobuslarda ötkazilmoqda. Nazoratçilar maxsus dastur ma’lumotlarini avvalgi davr körsatkiçlari bilan soliştirmoqda.
Bayonnomalar Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 144-moddasi beşinçi qismi asosida tuzilgan. Vazirlik qança yolovçiga jarima belgilängani va undiriladigan mablağning umumiy miqdorini körsatmagan.
Yolovçi avtobusga çiqqanidan söng yol haqini tölaşi va tölov amalga oşganini tekşirişi kerak.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
