Poyezd, samolyot va avtobus uçun yagona çipta joriy etilişi mumkin

Özbekistonda poyezd, samolyot va avtobus safarlarini bitta çipta orqali xarid qiliş imkonini beradigan «Bir yol» platformasi yaratilishi mumkin.
Yagona çipta tizimini 2028-yildan ayrim yönalişlarda joriy etiş rejaläştirilgan. Taklif 2030-yilgaça transport sohasini rivojlantiriş strategiyasi loyihasiga kiritilgan. Hujjat hozir jamoatçilik muhokamasida va hali qabul qilinmagan.
Platforma orqali yolovçi bir safar doirasidagi temir yöl, avia va avtobus çiptalarini alohida emas, bitta buyurtma sifatida rasmiylaştirişi mumkin böladi.
Strategiya loyihasida tezyurar poyezdlar qatnovini 2027-yil oxirigaça Samarqanddan Andijongaça uzaytiriş ham közda tutilgan. Yönalişning aniq bekatlari, qatnov vaqti, çipta narxi va reyslar soni keltirilmagan. Loyiha tasdiqlansa, Farğona vodiysi tezyurar temir yöl qatnovi orqali Samarqand bilan boğlanadi.
2028-yilda Farğona vodiysidagi halqa yönalişida elektropoyezdlar qatnovi sonini ikki baravar oşiriş ham taklif qilingan.
Toşkentdagi ikki temir yöl vokzali, xalqaro aeroport va markaziy avtovokzalni yagona transport boğlamasiga birlaştiriş rejaläştirilgan. Hujjatda obyektlar örtasida yangi transport liniyalari qurilişi yoki mavjud yönalişlar qayta taşkil etilişi açıqlanmagan.
Strategiyada 58 ta avtovokzal va avtostansiyani quriş yoki rekonstruksiya qiliş taklif etilgan.
Temir yöl vokzallari va xalqaro aeroportlarda bepul Wi-Fi hamda bagaj saqlaş xizmatlarini yölga qöyiş ham rejaläştirilgan. Xizmatlar qaçondan va qaysi obyektlarda işga tuşirişi ma’lum emas. Loyiha muhokamasi 2026-yil 11-noyabrgaça davom etadi. Hujjat qabul qilingunça rejalar va muddatlar özgarişi mumkin.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi
