Tailand özbekistonliklar uçun 15 kunlik vizasiz rejimni körib çiqadi

Tailand Turizm va sport vazirligi Özbekiston fuqarolariga mamlakatda 15 kun vizasiz böliş imkonini berişni taklif qildi. Taşabbus 9-noyabr kuni Viza siyosati qömitasi yiğilişida körib çiqiladi.
Xuddi şunday tartibni Kolumbiya va Meksika fuqarolari uçun ham joriy etiş taklif qilingan. Qömita vizasiz rejimning mamlakat xavfsizligi va iqtisodiyotiga ta’sirini baholaydi.
Hozirça yakuniy qaror qabul qilinmagan. Taklif tasdiqlanib, kuchga kiriş sanasi e’lon qilinguniga qadar Özbekiston fuqarolari Tailandga safardan oldin viza olişi kerak.
Nega vizasiz rejim taklif qilindi?
The Nation Thailand ma’lumotiga köra, Özbekiston fuqarolari elektron vizani Tailandning Rossiyadagi elçixonasi orqali rasmiylaştirgan. Murakkab tartib sabab ayrim sayyohlik agentliklari Tailand örniga Vyetnamga turlar taklif qila boşlagan.
Meksika va Kolumbiya fuqarolari ham viza olişda qiyinçiliklarga duç kelgan. Emirates ayrim reyslarda Meksikadan uçadigan 20–30 nafar yolovçi viza keçikkanligi sabab safarga çiqa olmaganini ma’lum qilgan.
Tailand rasmiylari 15 kunlik vizasiz kirişni uzoq mamlakatlardan keladigan sayyohlar safarlarini bekor qiliş holatlarini kamaytiriş usuli sifatida körmoqda.
15-sentabrdan Özbekiston fuqarolari Tailandga borişdan oldin viza olişi şart. Yangi taklif ma’qullansa, ular mamlakatda 15 kungacha vizasiz böla oladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
