Noyabrda Özbekistonda havo −2 darajağaça soviydi

Noyabrning birinçi ön kunligida Özbekistonda nisbatan iliq ob-havo saqlanadi. Harorat keçasi +5…+10, kunduzi +17…+22 daraja böladi, deb xabar berdi Özgidromet.
Oy örtalari va oxirida havo soviydi. Keçasi harorat +3…+8 darajadan −2…+3 darajağaça, kunduzi esa +15…+20 darajadan +5…+10 darajağaça özgarib turadi.
Noyabr oyidagi örtaça harorat iqlim me’yori atrofida, ayrim joylarda undan 1–1,5 daraja yuqori bölişi kutilmoqda.
Oy davomida yoğingarçilik miqdori iqlim me’yori atrofida, ayrim joylarda esa undan kam bölişi prognoz qilingan. Özbekistonning katta qismida noyabr oyida odatda 30–55 mm, toğoldi va toğli hududlarda 60–110 mm yoğingarçilik kuzatiladi.
Şimoli-ğarbiy va çöl hududlarida noyabr oyining köp yillik yoğingarçilik miqdori 8–17 mmni taşkil etadi.
Toğlarda ilk qor qoplami şakllanadi. Dengiz sathidan 2000–2200 metr balandlikdagi hududlarda qor qalinligi noyabr oxirida 25–40 santimetrga yetişi mumkin.
Noyabr oktabrdan 6–9 daraja sovuq böladi
Köp yillik ma’lumotlarga köra, noyabr oyining örtaça harorati oktabrga nisbatan mamlakatning katta qismida 6–7 daraja, şimoliy va çöl hududlarida 8–9 daraja past böladi.
Şimol va şimoli-ğarbdan sovuq havo oqimlarining kirişida iliq kunlar keskin soviş bilan almaşişi mumkin.
Kuzatuvlar tarixidagi eng iliq noyabr 2023-yilda qayd etilgan. Öşanda örtaça oylik harorat iqlim me’yoridan 3–6 daraja yuqori bölgan.
Eng seryoğin noyabr 2011-yilda kuzatilgan. Toşkentda oylik me’yor 51 mm bölgani holda 167 mm, Termizda esa 20 mm me’yor örniga 148 mm yoğingarçilik qayd etilgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi
