Yangiliklar/Siyosat

Maktab direktorlarini vazirlik roziligisiz yiğilişlarga çaqiriş taqiqlandi

Siyosat 26 oktyabr, 10:35
Maktab direktorlarini vazirlik roziligisiz yiğilişlarga çaqiriş taqiqlandi

Birinçi boş vazir örinbosari, ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov maktab direktorlarini vazirlik bilan kelişmasdan yiğilişlarga çaqirişni taqiqladi. U bu haqda Samarqandda ta’lim sohasi vakillari bilan uçraşuvda gapirdi.

Taqiq hokimliklarda ötkaziladigan yiğilişlarga ham tegishli. Direktorning iştiroki zarur bölsa, çaqiruv vazirlik bilan oldindan kelişilişi kerak. Maktabdan vakil kerak bölgan hollarda boşqa xodim yuborilişi mumkin.

Turdimov direktorlar vaqtini yiğilişlarga emas, maktab va öquv jarayonini boşqarişga sarflaşi kerakligini ta’kidladi.

Vazir uçraşuvda nodavlat maktablar va bolalar boğçalarini litsenziyalaş tartibini qayta körib çiqişni ham taklif qildi.

Uning fikriça, bino sanitariya, quriliş va yonğin xavfsizligi tekşiruvlaridan ötgan bölsa, vazirlikning alohida litsenziyasi ortiqça bosqiçga aylanişi mumkin.

Ta’lim taşkilotlarining murojaatlarini qabul qiliş uçun elektron platforma ham yaratiladi. Uning işga tuşiş sanasi va işlaş tartibi e’lon qilinmagan.

1,5820

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→