Yangiliklar/Jamiyat

Afg‘onistondagi zilzila O‘zbekistonning uchta viloyatida sezildi

Jamiyat 25 oktyabr, 22:41
Afg‘onistondagi zilzila O‘zbekistonning uchta viloyatida sezildi

25-oktabr kuni soat 22:44 da Afg‘oniston hududida 5,4 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Respublika seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi.

Zilzila episentri Afg‘onistonning Badaxshon hududida, 149 kilometr chuqurlikda joylashgan. Episentr Toshkentdan janubi-sharq tomonda 577 kilometr uzoqlikda bo‘lgan.

Yer silkinishi O‘zbekistonning uchta viloyatida 2 ball kuch bilan sezilgan:

  • Surxondaryo viloyati — episentrdan 344 kilometr uzoqlikda;
  • Farg‘ona viloyati — 465 kilometr;
  • Qashqadaryo viloyati — 539 kilometr.

Zilzila episentrining koordinatalari 36,25° shimoliy kenglik va 70,95° sharqiy uzunlikni tashkil etadi.

5,9800

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→